Xastalikni davolashdan ko‘ra uning oldini olgan afzal. Bu tamoyil bugun O‘zbekiston tibbiyotidagi eng ustuvor vazifaga aylangan.
Xususan, shu yil yanvar-may oylarida yurtimiz bo‘yicha:
18-40 yoshdagi 3,2 mln. nafar aholi profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasalliklari mavjud bemorlardan 243 ming nafari ambulator hamda 28 ming nafari statsionar sharoitda sog‘lomlashtirildi.
40 va undan katta yoshdagi 2,7 mln. fuqaro manzilli skrining bilan qamrab olindi. Ulardan 52 ming nafarida hayotida ilk bor yurak qon-tomir, 10 ming nafarida qandli diabet kasalliklari aniqlandi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi jami 2 mln. 31 ming nafar tarbiyalanuvchidan 592 ming nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, turli xastaliklar aniqlangan 113 ming nafarini sog‘lomlashtirish choralari ko‘rildi.
7,9 mln. nafar maktab o‘quvchisidan 3,2 mln. nafari tibbiy tekshiruvlardan o‘tgach, ularning 932 ming nafariga turli kasalliklar tashxisi qo‘yilib, 774 ming nafari salomatligini tiklash imkoniyatidan foydalandi.
Onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida 990,4 ming nafar xotin-qiz skrining tekshiruvidan o‘tkazildi.
Kasallik aniqlangan 2 427 nafar ayoldan 2 369 nafari sog‘lomlashtirildi.
Shuningdek:
Yil boshidan buyon 2-10 yoshli jami 6,2 mln. nafar o‘g‘il-qizdan 1,3 mln. nafarida gelmintlarni barcha rivojlanish fazalarida yo‘qotishga qaratilgan davolash-profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.
3-15 yoshdagi 3 mln. nafar bola, 5,9 mln. nafar homilador va emizuvchi ayol yod preparatlari bilan ta’minlandi.
5,9 mln. nafar 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarning 600 ming 563 nafariga temir preparatlari, 578 ming 739 nafariga foliy kislotasi berildi.