Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro noqonuniy ravishda 261 kishiga tonirovka uchun ruxsatnoma tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi.
U qalbaki ruxsatnomalarning har birini 2,4 mln so‘mgacha bo‘lgan narxda sotib kelgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.