O’zbekiston Tanzila Narbayeva: Mintaqamizning keyingi taraqqiyoti hech shubhasiz suv omiliga bog‘liq

Tanzila Narbayeva: Mintaqamizning keyingi taraqqiyoti hech shubhasiz suv omiliga bog‘liq

Senatning 43-yalpi majlisida bugun dolzarb bo‘lgan muhim masalalardan biri, suvni asrab avaylash, uni tejash va samarali foydalanish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘z navbatida, Senat Raisi muhokamlar jarayonida bu boradagi fikrlarini bildirdi.

“Mintaqamizning keyingi taraqqiyoti hech shubhasiz suv omiliga bog‘liq. Davlatimiz Rahbari har gal bunga alohida urg‘u beryaptilar.

Bizga jamiyat va davlat imkoniyatlarini to‘liq safarbar qiladigan, barcha uchun birdek maqbul, manfaatli va masʼuliyatli suv siyosati kerak. Bu borada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish – birinchi galdagi vazifa.

Raqamli va ilmiy jihatdan asoslangan tejamkor texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib suv muammosini hal qilib bo‘lmaydi.

Suvni asrab-avaylash ahloqiy tarbiyamizning ajralmas qismiga aylanishi shart! Birinchi navbatda, insonlarimiz, ayniqsa yosh avlodning ekologik madaniyatini to‘g‘ri shakllantirishimiz zarur.

Lekin, tashabbus Senat tomonidan ilgari surilgani bilan, ushbu masalada Hukumat, vazirlik, idoralar va ilmiy hamjamiyatning o‘zaro o‘yg‘un harakati taʼminlanmasa kutilgan natijaga erishish qiyin”.