O’zbekiston O‘zbekiston va Bolgariya hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirishga intilmoqda

O‘zbekiston va Bolgariya hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirishga intilmoqda

Kecha Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va YEI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Bolgariyaning Toshkentdagi elchisi (qarorgohi Moskvada) Atanas Kristin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Bolgariya hamkorligining hozirgi holati hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Turli darajalarda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmundorligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida, jumladan, “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” formatidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan ham fikr almashdilar.

Turli yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni yana-da mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning tayyor ekanligi tasdiqlandi.