Sud-huquq Yangihayotda zoʻrlab oʻldirilgan 12 yashar qiz ishi sudga oshirildi

Yangihayotda zoʻrlab oʻldirilgan 12 yashar qiz ishi sudga oshirildi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 31-yanvar kuni 12 yoshli qizning murdasi Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan topilgandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) ushlangan. U marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oyilarida ustachilik qilgan.