Hujjatlar qabuli onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2025/2026-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 

Hujjat topshirishda:

➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;

➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);

➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari aniq va bexato kiritilishi lozim);

➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kabilar talab etiladi.

Eslatib oʻtish lozim, talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.

Maʼlumot uchun, Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi (5-sinfga).

Shuningdek, mazkur turdagi maktablar roʻyxati ushbu havolada keltirilgan.