Bugun, 5-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026ga saralash o‘yinlarining 3-bosqich 9-tur uchrashuvida BAAga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Doping tekshiruvidan o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchilar ma’lum bo‘ldi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da Abu Dabidagi “Al Nahyan” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvdagi durang yoki g‘alaba terma jamoaga JCH-2026 yo‘llanmasini kafolatlaydi.

Ma’lumot uchun, bugungi bahsni avstraliyalik FIFA referisi Shon Evans boshqarib boradi. VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, kecha doping tekshiruvdan o‘tgan futbolchilar ismlari ochiqlandi.

Bular:

▪️ Hojiakbar Alijonov;

▪️ Abdurauf Bo‘riyev;

▪️ Akmal Mozgovoy;

▪️ Sherzod Nasrullayev.

“Lekin bu qo‘rqinchli narsa emas. Bu odatiy tekshiruv va nimadir bo‘lgan taqdirda ham uni ertangi kunga aloqasi bo‘lmaydi. Odatda, doping tekshiruv natijalari bir necha kundan keyin chiqadi va uni natijasidan qat’iy nazar o‘yinga ta’sir qilmaydi”, deydi Nodirxo‘ja Yo‘ldoshov.