Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Masalan, kechki soat 18:00 gacha ishlaydiganlar bemalol 17:00 da ishini yakunlashi mumkin.

 Ma’lumot uchun, ertaga, 6-iyun (juma) kuni respublika bo‘ylab Qurbon hayiti nishonlanadi. Mazkur sana bayram kuni sifati belgilangan. 

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tish lozim, Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar 3 kun dam oladi:

▪️ 6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;

▪️ 7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga odatiy, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;

▪️ 8-iyun (yakshanba) — barcha uchun odatdagi dam olish kuni;

9-iyun – dushanba kuni esa barcha uchun ish kuni hisoblanadi.