Ma'lumotlarga ko'ra, Isroilning so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 98 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Qatarning "Al Jazeera" telekanali anklav Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xarab bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida yana 300 kishi jarohat olgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 18-martdan, ya’ni Isroil bu sektorda jangovar harakatlarni qayta boshlaganidan beri 3427 kishi halok bo‘lgan, 9647 kishi jarohatlangan. 2023-yil oktyabr oyida Falastin-Isroil mojarosi avj olgandan beri qurbonlar soni 53 573 kishiga yetdi, 121 688 kishi jarohat oldi.