Bugun, 8-may kuni barcha xodimlar ish vaqtidan bir soat oldin ketish huquqiga ega. Ertaga 9-may respublika bo‘ylab Xotira va qadrlash kuni bayram sifatida nishonlanadi. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.

 Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan. Shu sababli, 10-may – shanba kuni faqat 5 kunlik ish haftasiga amal qiluvchilar uchun dam olish bo‘lsa, 6 kunlik ish rejimidagilar odatdagidek ishlaydi. 11-may, yakshanba esa barcha uchun umumiy dam olish kuni hisoblanadi.