Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “M.X.” uy-joy mulkdorlari shirkati mas’ul shaxslari 2019-2021-yillarda 8 ta ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan majburiy badal uchun to‘langan jami 620,7 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.