O’zbekiston Majburiy badal uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan shirkat mas’ul shaxslari aniqlandi

Majburiy badal uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan shirkat mas’ul shaxslari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “M.X.” uy-joy mulkdorlari shirkati mas’ul shaxslari 2019-2021-yillarda 8 ta ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan majburiy badal uchun to‘langan jami 620,7 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.