Fuqaro F. B. va boshqalarning Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.
Maʼlum bo‘lishicha, ushbu maktab direktori V.M.O. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda aslida maktabda ishlamagan turmush o‘rtog‘i O.A. ga ovoz berish operatori sifatida 2019-2023-yil 1-mayga qadar 47,3 mln so‘m, shuningdek, 2014-yilda ishdan bo‘shagan D.H. ga esa 2016-yilga qadar 22.9 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni noqonuniy to‘lab kelgan.