O’zbekiston Markaziy poliklinikaning zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi

Markaziy poliklinikaning zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi

“Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil ikkinchi bosqichida tuman koʻp tarmoqli poliklinikasini rekonstruksiya qilish boʻyicha jamoa va tuman ahli faolligi bilan yetarlicha ovoz yigʻilib, gʻolib boʻlgan edi. Gʻolib loyihani amalga oshirish maqsadida 1 mlrd 200 mln soʻm mablagʻ ajratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi arafasida shifokorlik punkti tantanali foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tibbiyot birlashmasi, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Rishton tumani Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi 1992-yilda qurilgan boʻlib, hozirda tumandagi 215 ming axoliga xizmat kursatib kelmoqda. Ushbu koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida 92 nafar shifokorlar, 230 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari va 30 nafar kichik tibbiyot xodimlari faoliyat olib bormoqda.