O’zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi ochiq va...

Turkiy davlatlar tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi ochiq va oshkora tarzda o‘tkazilganini tasdiqlaydi

Bugun Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) kuzatuvchilar missiyasi vakillari ishtirokida kecha mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Saylovlar professional tarzda, jiddiy qonunbuzarliklarsiz, ovoz berish tartib-qoidalariga rioya qilingan va shaffoflik taʼminlangan holda tashkil etildi hamda o‘tkazildi, – dedi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda TDT bosh kotibining o‘rinbosari Saʼdi Jafarov. – Missiya maʼmuriy va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham tuzilmalar tomonidan saylov jarayoniga ruxsatsiz aralashish holatlarini aniqlamadi».

Missiya aʼzolari ovoz berish jarayonida ham, ovozlarni sanab chiqish jarayonida ham bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, barcha tartib-qoidalar o‘z vaqtida va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganini tasdiqlaydilar, dedi Saʼdi Jafarov.

«Turkiy davlatlar tashkiloti missiyasi muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalariga rioya qilgan holda ochiq hamda oshkora tarzda o‘tganini tasdiqlaydi», – qayd etdi TDT bosh kotibining o‘rinbosari.