O’zbekiston Boʻstonliqda Xitoy kompaniyasi bilan 1 milliard dollarlik GTES quriladi

Boʻstonliqda Xitoy kompaniyasi bilan 1 milliard dollarlik GTES quriladi

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan “Yuqori Pskem” gidro toʻplash elektr stansiyasi quriladi.

“Bir makon, bir yoʻl” forumi doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ va Xitoyning “China Southern Power Grid International” kompaniyasi stansiyaning istiqbolli loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvni imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyul oyida ushbu kompaniya bilan qiymati 1 mlrd 640 mln dollarga teng, quvvati 820 MVt boʻlgan 3 ta loyiha: “Yuqori Pskem” GTES (quvvati 200 MVt), “Qarateren” GTES (500 MVt) hamda “Yuqori Pskem” GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.