Iqtisod Fargʻonaga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi

Fargʻonaga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi

Loyihani amalga oshirishda Xitoyning “Sinomash” xoldingi yordam beradi.

Bu boʻyicha viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligida delegatsiya kelishuvga erishdi.

Kampirobod suv ombori Oʻzbekistonning Andijon va Qirgʻizistonning Oʻsh va Jalolobod viloyatlari chegarasida joylashgan.

Oʻtgan yili Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ushbu suv omboriga oid bitim imzolagan edi.

Ikki davlat suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarishga kelishib olgan.