AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp maxfiy hujjatlar bilan noto‘g‘ri muomala qilganlikda ayblanmasdan oldin rasman hibsga olindi. Bu haqda seshanba kuni CNN xabar berdi.
Bu sudya tomonidan ayblov e’lon qilinishidan oldingi rasmiy jarayon, shuning uchun uning qo‘liga kishan solinmagan, deya qo‘shimcha qildi telekanal.
Xabarlarga ko‘ra, Tramp va uning yordamchisi Mayami sudidan hech qanday shartlarsiz qo‘yib yuborildi, prokuratura ikkalasini ham qochishga moyil emas deb topdi. Tramp sud majlisida maxfiy materiallarni saqlashda aybdor emasligini ta’kidladi.