Shou-biznes Davlat tomonidan chorvadorlarga har bir bosh nasldor qoramol uchun 2 million soʻm...

Davlat tomonidan chorvadorlarga har bir bosh nasldor qoramol uchun 2 million soʻm subsidiya beriladi

2023-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.