O’zbekiston “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha Afrosiyob poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha Afrosiyob poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 28-avgust kunidan 3-sentyabr kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilgan.