Toshkentda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qulab tushgan devor ostidan ikki yashar qizchani qutqarib qolishdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 15-iyun kuni soat 12:14 da Toshkent shahar FVBga M.Ulug‘bek tumani “Oliy Himmat” MFYda joylashgan uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketganligi va qulagan devor ostida 2 yoshli qiziloq qolib ketganligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zarauriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirishgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi.
“Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q”, – deyilgan xabarda.