Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.R., J.N. va F.O‘. Shofirkon tumani hududida jami 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini fuqarolar R.Sh., F.Sh.ga 7 ming AQSH dollari va 300 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.