Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda jami 1,3 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.
Go‘sht yetishtirish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 ga oshgan.
Go‘sht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushiga ega hududlar:
- Toshkent viloyati – 12,1 %
- Qashqadaryo viloyati – 11,6 %
- Samarqand viloyati – 11,4 %
- Buxoro viloyati – 10,6 %
- Xorazm viloyati – 7,7 %