O’zbekiston O‘zbekiston TIV YEXHT DIIHBning mamlakatimiz prezidentligi uchun saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari...

O‘zbekiston TIV YEXHT DIIHBning mamlakatimiz prezidentligi uchun saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti YEXHT DIIHBning Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari, elchi Ursula Gachek bilan uchrashdi. Bu haqda vazirning o‘zi telegram-kanalida ma‘lum qildi.

“Bugun Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ursula Gachek Xonim Oliyalari bilan uchrashishdan mamnun bo‘ldik. Hamkorligimiz yuzasidan samarali fikr almashdik va DIIHB kuzatuvchilar missiyasining bo‘lajak Prezident saylovida ishtirok etishini muhokama qildik”, – deb yozib qoldirgan Baxtiyor Saidov.