O’zbekiston Yana 2 nafar o‘zbekistonlik talaba XXXI yozgi Butunjahon universiada o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

Yana 2 nafar o‘zbekistonlik talaba XXXI yozgi Butunjahon universiada o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Butunjahon universiada o‘yinlarida talaba-sportchilarimiz tomonidan ikkita kumush medali qo‘lga kiritildi.

Ushbu medallarni mamlakatimiz terma jamoasiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Darya Latisheva (nankyuan yo‘nalishi) va Qarshi davlat universiteti talabasi Nurbek Murtazoyevlar (dzyudo) taqdim etdi.

“Talaba-sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyatli yurishlari bilan tabriklaymiz va ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, – deyilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabarida.