Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi dunyoda o‘z xalqi va kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir davlat yuksak ma’suliyatni anglagan holda o‘z taraqqiyot yo‘lini qat’iy belgilab oladi.
Yangi O‘zbekistonning ham oldida o‘tgan davr mobaniyda bosib o‘tgan tarixiy yo‘li va orttirgan tajribasini xolisona baholash, mustaqillik yillarida erishgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni chuqur tanqidiy tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq maqsad va marralarini belgilash vazifasi qo‘yildi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish yo‘lida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruv sohasini isloh qilish, hususan malakali rahbar kadrlarni tayyorlashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining deyarli barcha nutqlari, chiqishlari, murojaatlarida boshqaruv madaniyati va rahbar shaxs ma’naviyatiga doir o‘z konseptual qarashlarini bayon qilib kelmoqdalar. Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi “Bugun hayotning o‘zi bizdan professional, tezkor va samarali davlat xizmati tizimini shakllantirish, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, el-yurtga sadoqatli kadrlarga keng yo‘l ochish bo‘yicha samarali tizim ishlab chiqishni talab etmoqda” degan konseptual g‘oyasi, rahbar va boshqaruv kadrlari tizimining shakllanishiga poydevor vazifasini bajarmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni 28827 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2016 yil bilan qiyoslaganda 0.7 foizga o‘sganini ko‘rsatadi. 2020 yilda aholining umumiy daromadlari xajmi 634,8 trillion so‘mga yetdi. Shuningdek o‘tgan yilning o‘zida kambag‘allik daraajasi 17 foizdan 14 foizga tushgan. Bunday ijobiy natijalar zamirida Prezidentimizning odilona siyosati, xalqparvarligi, halqning ishonchini oqlash, yuksak burchni amalga oshirishdek matonat yotadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo, yurtni boshqarish, xalq osoyishtaligi, turmush farovonligini ta’minlash uchun faqat oliy rahbariyatning sa’y-harakatlari kamlik qiladi. Shu o‘rinda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, rahbar yolg‘iz bu muvaffaqiyatlarga erish mushkuldir. Uning yonida yelkami-yelka turadigan o‘zining ilmiy salohiyatiga ega, vatanparvar, sadoqatli rahbar kadrlar suv-va xavodek zarurdir. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbari sifatida ilk yildanoq: “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak” – deb ta’kidlab o‘tgan.
«Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyil va shu asosidagi “Xalq xizmatidagi davlat” g‘oyasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani albatta bejiz emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har qanday islohotlar zamirida, albatta, inson omili va eng asosiysi “Xalq bilan muloqot” yotadi. Darhaqiqat, xalq bilan muloqot qilishda, bugungi davr rahbarlardan ma’nan yetuklik, siyosiy bilim, zamon bilan hamnafas bo‘lish, yuksak iqtidor, aqliy salohiyat, ilmlilik, tashabbuskorlik, yuksak axloqiylik sifatlarini talab qiladiki, bunday talablarsiz rahbar o‘z vazifasini to‘laqonli bajara olmaydi. Zero, islohotlarning amalga oshirilishi, ko‘p jihatdan rahbar kadrlarning o‘z ishiga bo‘lgan munosabati, uning ma’suliyati, vijdoni, axloqi, umuman olganda ma’naviy qiyofasi bilan bog‘liq. Demak, mansabdor shaxslarda siyosiy hislatlar bilan bir qatorda axloqiy fazilatlarni shakllantirish va yuksaltirish zaruriy hol.
Chunki, rahbarning boshqaruvchanlik qobiliyati – bu ma’lum intizom va tartiblar tizimi sifatida boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillar qatoriga kiradi. Rahbarlik qilish uchun, eng avvalo, bilim, tajriba, kunikma, aql va idrokdan tashqari, insonga madaniyat, ma’naviyat, axloq va ular mezonlarining ahamiyati kattadir. Agarda, rahbar, boshqaruv jarayonida o‘z madaniyati, ma’naviyati va axloqiyligini namoyon qila olmasa, nafaqat o‘zining, balki davlat va jamiyatning ham imidjiga putur yetkazadi. Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanashi, hayotni, odamlarni chuqur o‘rganishi lozim. Natijada, amaliyotda to‘plagan bilimlari va tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik uslubini yaratadi. U o‘z boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shaxs bo‘lib, o‘z madaniyati va axloqiyligini namoyon qilishida qandaydir omillar halaqit bermasligi lozim. Shundagina rahbar boshqaruvda ijobiy natija beradi.
Darhaqiqat, har qanday davr, har qanday tizimda, qabul qilgan qaror va qonunlarning ruyobga chiqishi, taraqqiyot sari qilingan harakatlar, shuningdek, insonlar kayfiyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hayotiy masalalarning ahvoli u yoki bu sohada kim rahbar bulib ishlayotganligiga, va rahbarlik faoliyatiga bog‘liq jarayon hisoblanadi. Davlat, korxona, tashkilot, xujalik yoki muassasa, hokimlik va uning bo‘limlariga fidoyi, ishchan, tajribali, talabchan, ayni paytda insonlarga g‘amxur, zamon bilan hamnafas, ma’naviyatli rahbarlarga insonlarning ishonchi barkaror buladi, aks holda…nima bo‘lishi xammaga ayondir.
Jamiyatdagi o‘zga toifa insonlarga nisbatan rahbarning yuki og‘ir. Chunki, to‘rtta odamga rahbarlik qilish mas’uliyatini zimmasiga olgan kishiga yanada og‘irroqdir. Masalan, olim hayotni ilmiy asosda tadqiq etadi, o‘rganadi, o‘rganganishlari asosida tavsiyalar beradi. Shoir yoki yozuvchi voqelikning muayyan qirralarini badiiy timsollar bilan aks ettirib, ibrat yo‘li orqali odamlarga ijobiy ta’sir etishga harakat qiladi. Ustoz sohasi bo‘yicha saboq beradi. Biroq, rahbar esa, qo‘l ostidagilarning va qolaversa shu sohaning taqdiri uchun mas’ul hisoblanadi. Insonlarni muayyan yo‘ldan yetaklab, muayyan amaliy natijalarga erishtirishni zimmasiga oladi. Agar maqsad to‘g‘ri tanlanib, natija rejaga muvofiq chiqsa – bu yutuq. Ammo shunday bo‘lmasa-chi? Insonlar umri, ularning aqliy va jismoniy quvvati, ular erishishi kerak bo‘lgan natijaga ko‘z tikib kutganlar umidi, qancha oila, o‘g‘il-qiz, ota-onalar orzu-armoni qarshisida qanday javob berish mumkin? Shu nuqtai nazardan, rahbarlik – og‘ir savdo, mushkul yumush, yuksak ma’suliyatdir.
“Rahbar ma’naviyati, ma’suliyati, ularga berilgan vakolatlarni to‘g‘ri anglash, izlanish, tashabbuskorlik, tadbirkorlik ruhi va xalqchil tamoyili bilan yashash – bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. Shu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, Sharq mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ilmiy meros davlatchilik madaniyatimizning ulkan ta’limotga ega ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa, Koshifiyning ta’biri bilan aytganda, boshqaruvda adolat bo‘lmasa shavkat va davlat egalari zaifu bechoralarni qaqshatadi. Zaiflar halok bo‘lgach, undan so‘ngra kuchlilar ham joyida qolmaydi. Chunki kishilar bilan ulug‘larning turmushlari bir-biriga bog‘liqdir. Adolat yo‘q joyda xaloyiqning turmushi yaxshi bo‘lmaydi.
Bugungi kunda rahbar ma’naviyatini belgilovchi asosiy fazilatlardan bittasi adolatdir. Adolat bilan boshqariladigan xar qanday hokimiyat tanazzulga yuz tutmaydi. Inson omili mavjud bo‘lgan har qanday tashkilot yoki muassasa inqirozga yuz tutmaydi. Hattoki, Mamlakatning jahon maydonida siyosiy imidjini ham adolat tamoyili belgilab beradi.
Mamlakatning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan rahbar aslida qanday bo‘ladi? Bir nechta toifani ajratib o‘tish mumkin.
Birinchi toifa, ma’naviy jixatdan saviyasi past rahbarlar bo‘lib, bunday rahbarlar oddiy xulq-atvor shakllanmagan, yaxshi fazilatlardan ancha mahrum va jamiyaning ahloqiy-huquqiy me’yorlarini tushunib yetmaydigan, ularni mensimaydigan rahbarlar hisoblanadi.
Ikkinchi toifadagi rahbarlar, axloqiy darajasi past bo‘lishi bilan birga, jamoat fikri, xalq an’analari va boshqa qadriyatlar bilan bog‘liq psixologik muhitni tez-tez buzib turadigan rahbarlardir.
Uchinchi toifadagi rahbarlar qatoriga axloq me’yorlarini hayotiy zarurat sifatida to‘liq o‘zlashtirmay, ularni ko‘r-ko‘rona qabul qilib, uni amalaiyotda tadqiq etishga harakat qiladi. Bunday rahbarlar ko‘p o‘qib o‘rganadi, nazariy jihatdan yuqori bilimga ega bo‘ladi, amalda esa bu bilimlarni qo‘llay olmaydi yoki tashkilotchilik qobiliyati yetishmaydi. Ya’ni, mavjud bo‘lgan bilim ko‘nikmalarini to‘laqonli hayotda qo‘llay olmaydi. Bu esa rahbarni boshqaruv sohasini muvaffaqiyatsiz yakunlashiga olib keladi.
Ma’naviy yetuk rahbar, avvalo siyosiy ong va siyosiy madaniyatni shu bilan birga o‘zida, inson qadr qimmati, uning jamiyatdagi o‘rni, huquqiy jihatdan to‘laqonli baho bera oladigan, huquqiy bilimga ega, axloqiy jihatdan esa insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‘lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, odob-axloq qoidalariga amal qilishni lozimligi, shuningdek, rahbarda intellekt – aql-zakovatning ma’lum normasi bo‘lishi, bu norma yaxshi rahbar uchun o‘rtadan yuqori bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir, o‘rta darajadan past intellektga ega bo‘lgan rahbar bilan ishlash xodimlari uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to‘siq bo‘lishini amaliyot va hayot ko‘rsatdi. Rahbardagi o‘rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan boshqa yana muhim sifatlar borki, bular:
– boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik;
– topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik, shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirishga qodirlik;
– kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo‘lish, tashabbus va ilg‘orlikni qo‘llab-quvvatlash qobiliyati;
– prinsipiallik, tanqidga chidamli bo‘lish, o‘z-o‘zini tanqid qila bilishga qodir rahbargina ma’naviy jixatdan yetuk bo‘ladi.
Rahbardagi eng asosiy xususiyatlardan biri tartib intizom va ishga ma’suliyat bilan yondashishdir. Bunda rahbar qo‘l ostidagilarni mehnasevarliklikka o‘rgatish, jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya bilish,
atrofdagilarga tarbiyalay bilish, ularni intizomga o‘rgatish, chunki, bir noshud rahbarning beg‘amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Ma’suliyatsiz, bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Xattoki, jadid namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy ham bu xaqda to‘htalib o‘tadi. ”Hozirgi zamonda bizning Turkiston boylarining ishlari to‘xtab, sinuvlarining birinchi sababi ishlarini axloqsiz, bilimsiz, musrif, yalqov kishilarga topshiruvlari ila barobar o‘zlarining zamonga muvofiq tartib va nizomdan xabarsizliklarining emushidur.” deya ta’kidlaydi.
Davlatni koni, manbayi tartib-intizom,
Sarvatni poydori erur iqtisodi tom.
Muhtojlig‘ yuzini ko‘rar deb gumon qilmang,
Tartibi birla yursa, kishining ishi mudom.
“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan
Yuqoridagi fikrlar bugungi kunda xam dolzarb muammo hisoblanadi. Achinarli tomoni shundaki, bugungi ba’zi rahbarlar muxim masalalarni xal etishda, ayniqsa lavozimga biror shaxsni tayinlashda, «men boshliqman, demak, mening aytganim-aytgan, deganim-degan bulishi shart», deb uylaydilar. Natijada u yoki bu lavozimga ba’zan ma’naviy noloyiq, ongi siyosiy jixatdan shakllanmagan kishi tayinlanib qoladi. Oqibatda maxalliychilik, neopatizm kabi jamiyat taraqqiyotiga putur yetkazadigan illatlar ildiz otadi. Xuddi shunday sharoitda rahbar uchun xam, jamoa uchun xam noqulay muhit vujudga keladiki, buni tuzatish ancha murakkab vazifaga aylanadi.
Tartib-intizomli bo‘lish rahbarning yuksak ma’naviyat egasi eganligidan dalolat beradi. Yuksaklikning belgisi, avvalo, tartib intizomdir. Tartib intizom bo‘lgan insonda albatta, ishiga ma’suliyat bo‘ladi. U rahbarda shaxsiy manfatdan jamof manfaati ustun bo‘ladi. Bu rahbar o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashmaydi. O‘z kasbini suis’temol qilmaydi. Xar doim vatanga sodiq hizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, yomon korxona yoki tashkilot bo‘lmaydi, yomon, noloyiq rahbarlar bo‘ladi. Bu iboraning mazmun mohiyati shundaki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo‘yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo‘shadi. Shunday ekan, rahbar shaxs, hoh u davlat boshqaruvi, xoh boshqa sohada, ya’niki qaysi sohada faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar, avvalo, u insonda vatanga bo‘lgan muhabbat, o‘z burchini sidqi dildan bajaradigan, yuksak ma’naviyatli inson bo‘lsagina xalq ishonchini oqlaydi. Shunday fazilatli rahbarlar ko‘paysa yurt-ravnaq topadi, rivojlanadi, tapraqqiy etishdan to‘xtamaydi.
Bobur Abdullayev
Psixologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD)