2023-yilning yanvar – iyun oylarida mamlakatimizda telekommunikatsiya xizmatlarining hajmi 8,3 trillion so‘mni tashkil etdi.
Statistika agentligining maʼlumotiga ko‘ra, 2022-yilning shu davriga nisbatan o‘sish surʼati 120,0 foizni tashkil qilgan.
Taqqoslash uchun: 2022-yil yanvar – iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 6,8 trillion so‘mni tashkil etgani holda o‘sish surʼati 119,0 foiz darajasida qayd etilgan.