O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev kecha Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya hamkorligining bugungi kun tartibiga oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ko‘rib chiqdilar.