Sport va turizm O’zbekiston terma jamoasi “CAFA Futsal Cup-2023” ishtirok etish uchun Dushanbega uchib ketdi

O’zbekiston terma jamoasi “CAFA Futsal Cup-2023” ishtirok etish uchun Dushanbega uchib ketdi

23-30 iyul kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda futzal bo’yicha “CAFA Futsal Cup-2023” musobaqasi bo’lib o’tadi.

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi bayrog’i ostida ilk marta tashkil qilinadigan ushbu turnirda O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Shuning uchun bugun terma jamoamiz turnirida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga uchib ketdi.

Ma’lumot uchun “CAFA Futsal Cup-2023” 15ta o’yindan iborat bo’ladi. Musobaqa bir davrali tizim o’tkazilib, bunda har bir jamoa raqiblari bilan bir martadan o’ynab chiqadi. Yakunda jadvalning eng yuqori qismida o’rin egallagan jamoa chempionlikni qo’lga kiritadi.

O’zbekiston terma jamoasining ilk o’yini 23- iyul kuni mezbon terma jamoa Tojikiston bilan bo’lib o’tadi.