O’zbekiston “O‘zgidromet” 18-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 18-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 18-iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40 daraja, ba’zi joylarda 41-42 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.