O’zbekiston “O‘zgidromet” 30-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 30-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 30-iyun, juma kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha, shimolda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38 daraja, janubda ba’zi joylarda 40-41darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi.