Sport va turizm “Arsenal” juda yirik transferni e’lon qilishga tayyorlanmoqda

“Arsenal” juda yirik transferni e’lon qilishga tayyorlanmoqda

“Arsenal” yarim himoyachi Deklan Rays bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Florian Plattenberg yozadi. Rays bugun, 14-iyul kuni rasman “kanonir”ga aylanadi.

“Arsenal” Deklan Rays uchun “Vest Hem”ga 120 million funt to’laydi. Rays tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylanadi va Jek Grilishning natijasidan o‘zib ketadi.

“Arsenal” angliyalik yarim himoyachi uchun “Manchester Siti”ni mag’lub etdi.