O’zbekiston “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyul kuni soat 10:00 dan boshlanishi e‘lon qilindi.

Bunga ko‘ra,

  1. bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 – 06.08.2023 davomida;
  2. bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 – 26.08.2023 davomida;
  3. bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 – 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!