O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev: Biz uchun Vatan ramzi bo‘lgan mahalla tizimini barcha islohotlarimizda markaziy...

Shavkat Mirziyoyev: Biz uchun Vatan ramzi bo‘lgan mahalla tizimini barcha islohotlarimizda markaziy va hal qiluvchi bo‘g‘inga aylantiramiz

“Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilganidek, jonajon O‘zbekistonimizni, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaromiz tinch va erkin, baxtli va farovon yashaydigan ijtimoiy davlatga aylantiramiz.

Jumladan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, yangi uy-joylar qurish, aholini ichimlik suvi, energiya bilan ishonchli ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmalar ishini yaxshilash bo‘yicha belgilab olgan vazifalarni albatta bajaramiz.

Biz uchun Vatan ramzi bo‘lgan mahalla tizimini barcha islohotlarimizda markaziy va hal qiluvchi bo‘g‘inga aylantiramiz.

Tadbirkorlik uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratib, yangi-yangi ish o‘rinlari ochish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning bandligini oshirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqamiz” – dedi Prezident so‘zining davomida.