O’zbekiston O‘zbekiston diplomatlari Malayziya Xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida ishtirok etishdi

O‘zbekiston diplomatlari Malayziya Xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida ishtirok etishdi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Kuala-Lumpurda tashkil etilgan Malayziya Xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida (Malaysian International Food and Beverages 2023 – MIFB-2023) ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.\

MIFB-2023 ko‘rgazmasi 2001 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Ko‘rgazma Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib, joriy yilda unda oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati uskuna va jixozlari namoyish qilinmoqda. Tadbirda har yili 50 dan ortiq mamlakatlardan 1000 ga yaqin kompaniyalar hamda 20 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi.

Ko‘rgazma davomida Malayziya tomoniga O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellari, oziq-ovqat sanoatida xalqaro standartlarni keng joriy etish, shuningdek, sohaga kiritilayotgan investitsiyalar bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

Malayziya tomoni O‘zbekiston vakillarini 2024 yilda tashkil etiladigan Malayziya xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etish uchun taklif qildi.

Ko‘rgazmada chog‘ida Malayziyaning oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi «Eco Bee Biotech Sdn Bhd», «Panmatex Trading Sdn Bhd» va «Allied Chemists Laboratory Sdn Bhd» kompaniyalari O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.