O’zbekiston Buyuk Britaniyada ishlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi

Buyuk Britaniyada ishlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi

Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari va Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida ish beruvchi tanlovida ishtirok etgan bir guruh fuqaro ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unda ish beruvchi tomonidan tanlangan nomzodlarning bugungi kunga qadar Buyuk Britaniyaga ishga ketmagani sabablari tushuntirilib, zarur tavsiyalar berildi. Xususan, ularning 178 nafari Buyuk Britaniyada ishga joylashtarilgan, 67 nafari o‘z xohishi bilan ishga borishni rad etgan, 141 nafari uchun ish beruvchi tomonidan viza berish jarayoni vaqtincha to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ushbu masala yuzasidan Buyuk Britaniya tomoni bilan muzokaralar olib borilyotgani va natijasi haqida qo‘shimcha maʼlumot taqdim etilishi tushuntirildi.