Xitoyning Usi shahrida bo‘lib o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishida kechgan bahslarda hamyurtimiz Zaynab Dayibekova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma‘lum qilinishicha, pley-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vyetnam, Xitoy, Avstraliya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni magʻlubiyatga uchratdi.
Bu qoraqalpogʻistonlik sportchimizning kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida qoʻlga kiritgan birinchi oltin medali.