O’zbekiston Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorlarda yong’in chiqdi

Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorlarda yong’in chiqdi

Toshkent o’rmon xo’jaligining Piskent tumani hududida joylashgan Angren bo’limida bir necha o’rmonzorda yong’in chiqdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi amtbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, yong’in ayni damda Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o’chirilgan.

Yong’in sabablari, oqibatlari va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.

“Holat yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi”, – deyilgan xabarda.