O’zbekiston “O‘zgidromet” 01-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 01-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 01-iyul, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, shimolda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40 daraja, janubda ba’zi joylarda 42-43 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-31 daraja bo‘ladi.