O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev: Samarqand shahrida suv ta’minoti va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qo‘shimcha...

Shavkat Mirziyoyev: Samarqand shahrida suv ta’minoti va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qo‘shimcha 270 million dollar ajratiladi

Samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrini aholi va sayyohlar uchun qulay bo‘lgan “bir millionlik shahar”ga aylantirish borasidagi rejalari haqida ma’lum qildi.

“Buning uchun Samarqand, Pastdarg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududidan 18 ming gektar yer maydoni shahar tarkibiga o‘tkaziladi. Viloyatning ma’muriy markazi shaharning tarixiy markazidan boshqa hududga ko‘chiriladi.

Samarqand shahrida suv ta’minoti va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qo‘shimcha 270 million dollar ajratiladi.

Shaharda jamoat transport tizimi to‘liq modernizatsiya qilinadi.

Bu maqsadlar uchun 40 ta yangi avtobus yo‘nalishi, aeroport, temir yo‘l vokzali va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi”,  dedi nomzod.