O’zbekiston “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari...

“Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi

“Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Kelgusi 7 yilda respublika ahamiyatidagi yo‘llarni qurish va ta’mirlashga jami 5,3 milliard dollar yo‘naltiriladi.

Bugungi kunda, “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida sutkasiga 35 mingta, “Toshkent – Andijon” yo‘lida 30 mingta avtomobil harakat qilmoqda. Bu – yo‘llarga yuklama 1,5-2 barobar ko‘paydi, degani.

Shu bois, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ko‘magida “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi. Bunga 4 milliard dollar investitsiya kiritiladi.

Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ko‘magida Toshkent – Shahrisabz – Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi, “Samarqand – Buxoro – Olot” yo‘li ta’mirlanadi. Bunga 300 million dollar ajratamiz”, – dedi nomzod.