O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan 5 oyi davomida (yanvar–may) temir yo‘l transportida 4,1 mln yo‘lovchi tashildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,5 % tashkil etdi. (2022-yilning yanvar-may oylari davomida 3,6 mln yo‘lovchi tashilgan).
Yanvar-may oylari davomida temir yo‘l transporti orqali 45,1 mln tonna yuk tashildi.
Yuk tashuvlari hajmi bo‘yicha o‘sish sur’ati 109,6 % tashkil etdi (2022-yilning yanvar-may oylari davomida 41,2 mln tonna yuk tashilgan).