O’zbekiston Kelgusi yetti yilda Surxondaryoda 1,5 mingta ko‘p qavatli uylarda 50 ming oila...

Kelgusi yetti yilda Surxondaryoda 1,5 mingta ko‘p qavatli uylarda 50 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi

Kelgusi yetti yilda Surxondaryoda 1,5 mingta ko‘p qavatli uylarda 50 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Bunga barcha manbalar hisobidan 1 milliard dollar yo‘naltiramiz.

Misol uchun, Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlaridagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 300 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi natijasida, 12 mingta oila uy-joy bilan ta’minlanadi.

Viloyatda 2030-yilgacha 4 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanadi hamda 35 ta ko‘priklar yangidan quriladi”, — dedi nomzod.