Markaziy saylov komissiyasi bugun boʻlib oʻtgan yigʻilishda 9-iyulga belgilangan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi uchun saylov kampaniyasini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Siyosiy partiyalar oʻz vakolatli vakilini roʻyxatdan oʻtkazish uchun 3 kun ichida MSKga murojaat etishi kerak. Unga koʻra, 15-maygacha siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi uchun hujjatlar taqdim etishlari kerak boʻladi.
Partiyalar 17-may – 1-iyun oraligʻida prezidentlikka nomzod koʻrsatishadi. Ularni roʻyxatga olish 6-iyunda yakunlanadi.