Ichki ishlar YPX inspektorlari tomonidan taqiqlangan moddalar aniqlandi

YPX inspektorlari tomonidan taqiqlangan moddalar aniqlandi

2023-yil 21-iyun kuni soat 11:00 larda Yunusobod tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori serjant N.Asadullayev va safdor S.Mambetovlar tomonidan M39 yo’li ko’chasi bo’ylab harakatlanib kelayotgan ZIL rusumli yukmashina toʼxtatilib tekshirilganda haydovchi 1992 yilda tug’ilgan S.M.ning koʼrinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʼotgan. Xolislar ishtirokida avtomashina tekshirilganda, salon qismidan jigar rangli, o‘tkir hidli saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.