O’zbekiston Saylov yuqori saviyada, ovoz berish jarayoni xalqaro andozalarga to‘la mos shaklda o‘tdi

Saylov yuqori saviyada, ovoz berish jarayoni xalqaro andozalarga to‘la mos shaklda o‘tdi

2023-yil 10-iyul kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.Tashmuxamedovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi, Baronessa Manzila Uddin va Britaniya parlamenti qoshidagi “Yevroosiyo konservativ do‘stlari” tashkilotining asoschisi va raisi Bota Tore Xopkinson bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda kuni kecha bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy voqea – Prezident saylovi yuqori saviyada, ovoz berish jarayoni xalqaro andozalarga to‘la mos shaklda o‘tgani taʼkidlandi.

Manzila Uddinning fikricha, saylovchilar ishtiroki yuqori darajada bo‘ldi, bu esa O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi yaxshi tashkil etilganidan dalolat beradi.

Qo‘mita raisi D.Tashmuxammedova O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi. “Biz Londonning O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotganini yuksak qadrlaymiz. Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, gender va yoshlar siyosatini amalga oshirishni yana-da kengaytirish borasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz” – deya taʼkidladi.

Muloqotda tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.