O’zbekiston Fargʻonada yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Fargʻonada yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

2023-yilning 06-iyun kuni Farg‘ona viloyati IIB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad 1-guruh xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Mirishkor ko‘chasida harakatlanib ketayotgan A.S.ning yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.