O’zbekiston “Navoiy” xalqaro aeroporti orqali ilk bor haj ziyoratiga parvoz amalga oshirildi

“Navoiy” xalqaro aeroporti orqali ilk bor haj ziyoratiga parvoz amalga oshirildi

Joriy yilning 17-18 iyun kunlari davomida “Navoiy” xalqaro aeroporti orqali jami 490 nafar Navoiylik hamyurtlarimiz muborak haj safariga yo‘l olishmoqda, deb xabar bermoqda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining axborot xizmati.

Ziyorat sari otlangan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i D.Yusupov va mas’ullar kuzatib qo‘yishdi.

“Bo‘lg‘usi hojilarimiz bu yilgi haj ziyorati uchun aynan “Navoiy” xalqaro aeroportidan ilk bor “Navoiy – Madina” reysi orqali parvoz amalga oshirilayotganligi ularga yanada qulaylik yaratganligini, bu esa davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan xalqimizni rozi qilish borasidagi islohotlarning natijasi ekanligini ta’kidlashdi”, – deyilgan xabarda.