Bugun, O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida keng targ’ib qilish maqsadida seminar-trening tashkil qilindi.
Mazkur tadbirda institutning tajribali yuristi Laviza Isxakova so’zga chiqib Konstitutsiyaning o‘zgartirish kiritilgan moddalarga alohida to’xtalib, konstitutsiyaviy islohotlar va ularning jamiyat, yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
Seminar-trening davomida ishtrokchilarning huquqiy savodxonligi, o’z-o’zini namoyon qilish hamda kommunikativ ko’nikmalarini shakllantirishga doir mashg’ulotlar o’tkazildi.
Tadbir yakunida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan normalarning mazmun-mohiyatiga doir debat uyishtrildi. Shuningdek, mazkur seminar-trening davomida olingan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, faol ishtrokchilar institut rahbariyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.