O’zbekiston O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlari arzonlashgan

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlari arzonlashgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning iyul oyida o‘simlik yog‘i narxlari iyun oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 2,4 % ga arzonlashgan.

O‘simlik yog‘i narxlari 2023 yil boshidan beri o‘rtacha 12,7 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

2023-yilning iyul oyida o‘tgan oyga nisbatan:

Paxta yog‘i narxlari – o‘rtacha 2 % ga arzonlashgan.

Kungaboqar moyi narxlari – o‘rtacha 2,8 % ga arzonlashgan.

Sariyog‘ narxlari – o‘rtacha 0,5 % ga oshgan.

Margarin narxlari – o‘rtacha 0,1 % ga oshgan.